Andijonda MCHJ 685 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Andijonda mas’uliyati cheklangan jamiyat qariyb 685 million so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

“F.X.S” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasining ikkinchi elektr uzatish liniyasidagi elektr o‘lchov priborlari noqonuniy foydalanib kelingan. Hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 684,17 mln so‘m qayta hisob amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng keladi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ushbu korxonaning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilgan. Aniqlangan holat bo‘yicha tegishli choralar qo‘llash uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing