Andijonda Matiz yonib ketdi (video)

Jamiyat

image

Andijon shahri Amir Temur ko‘chasida Matiz yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 30 sentyabr kuni soat 16:00 larda Amir Temur ko‘chasida 33 yoshli B.S.ga tegishli Matiz rusumli transport vositasining elektr simlaridagi qisqa tutashuv sababli, to‘htab turgan joyida yonib ketgan.

“Oqibatda mashinaning old – motor va salon qismi to‘liq yonib ketgan, tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonidagi tunnel devoriga urilgan ISUZU yonib ketgan edi. Shuningdek, Navoiyda somon ortilgan traktor yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon Matiz qisqa tutashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing