Andijonda Matiz 2 nafar bolani urib yubordi
3-sahifa
−
24 mart
3409Andijon viloyati Asaka tumanida Matiz yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 2 nafar bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Asaka tumani “Yuksalish” MFY hududidan o‘tgan D-105E Asaka–Humo avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi A.O. o‘zining Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan ikki nafar bolani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan piyodalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng shifoxonadan chiqib ketgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Bekobod yo‘lida rulda uxlab qolgan haydovchi Isuzu bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi