Andijonda mast erkak inspektorni pichoqlab qo‘ydi
3-sahifa
−
16 dekabr 2021
9097Andijonning Paxtaobod tumanida mast erkak ichki ishlar xodimini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda “O`zbekiston 24” telekanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 9 dekabr kuni Paxtaobod tumanida yuz bergan. O‘sha kuni er uyiga mast holda kelgan va xotini bilan janjallashgan. Bundan xabar topgan qo‘shnisi esa profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.
Jahl otiga mingan erkak vaziyatni o‘nglash uchun kelgan inspektorga qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan hujum qilgan. Pichoq inspektorninig bo‘yin qismiga tekkan.
“Shifokorlarning sa’y-harakati natijasida profilaktika inspektorining hayoti saqlab qolindi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkent viloyati Qibray tumanida besh kishi – ota, ikki qiz, bir o‘g‘il va yollanma ishchini pichoqlab o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi