Andijonda mansabdor 8,5 ming dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
21:58 1114 1 daqiqa
“Andijon suv ta’minoti” AJ Jalaquduq tumani filiali boshlig‘i fuqarodan kanalizatsiya tarmog‘i o‘tkazish uchun texnik shart olib berish evaziga pul talab qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, K.T. fuqaro B.A.ning “Tuyalas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadoniga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shart rasmiylashtirib berishini aytgan. Buning evaziga pul olish uchun u boshqa shaxsdan foydalangan.
K.T. ning topshirig‘iga ko‘ra, fuqaro M.Sh. 8 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda talabalikdan chetlashtirilgan qizni o‘qishga qayta tiklash evaziga 700 AQSH dollari talab qilgan texnikumning sobiq dekani ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi