Andijonda maktab yonidagi oshxonadan yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Bugun, 12 mart kuni soat 09:56 da Oltinko‘l tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:14 da o‘chirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan 85 kv.m maydonda tom qismi yong‘indan zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 mart kuni Navoiy shahrida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing