Andijonda maktab mas’uli “komissiya” uchun o‘qituvchilardan 100 dollardan yig‘ib olgani aytilmoqda
Jamiyat
−
04 iyul 2021
5273Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabida tekshiruvlar uchun 100 dollardan pul yig‘ilgani mavzusida audioyozuvlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, holat Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan va o‘rganilmoqda. Dastlabki o‘rganish jarayonida mazkur audioyozuvlar 2019 yilda yozib olingani ma’lum bo‘lgan.
Vazirlik Matbuot xizmati mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishini bildirdi.
LiveBarchasi