Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarga Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani haqida xabarlar sizdirildi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957 yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

O‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012 yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990 yilda tug‘ilgan) tegajog‘lik qilganini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganini bildirgan.

Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga o‘z munosabatini bildirgan.

“Holatni asoslantiruvchi ma’lumotlari to‘la jamlangan va huquq-tartibot idoralari xulosalaridan so‘ng yakuniy o‘rganish natijalari e’lon qilinadi. Shu o‘rinda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim sha’ni va obro‘siga hamda pedagog imijiga salbiy ta’sir etuvchi har qanday holatlarga keskin munosabat bildirgan holda tegishliligi bo‘yicha keskin jazo choralarini qo‘llashini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi kinoteatrlardan birida “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi namoyishi vaqtida yonida o‘tirgan tanish qizga shahvoniy harakatlar qilgan 25 yoshli yigit qamalgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing