Andijonda maktab direktori bolalarni nega kaltaklagani aytildi
3-sahifa
−
02 noyabr
8669Avvalroq, Andijon viloyatida maktab direktori bolalarni ayovsiz kaltaklagani haqida xabar qilingandi. Bolalar ombudsmani ham holatni o‘rgana boshlaganini bildirdi.
Aniqlanishicha, holat Oltinko‘l tumanidagi 38-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 8-sinf o‘quvchisi Q.M. (o‘g‘il bola) sinf xonada pirotexnika vositalaridan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori go‘yoki tarbiyaviy maqsadda Q.M.ni va sinfdagi boshqa bir necha bolalarni kaltaklagan.
Hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat o‘rganilmoqda. Shuningdek, Oltinko‘l tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning iyul oyida vazir buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyati, qadr-qimmati kamsitilishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda chiqish qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi ham mumkin emas.
O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ularning qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozilishi, qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda esa o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish, bu ham foyda bermasa, qoida buzgan o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazish, sinf jamoasi orasida muhokama qilish, ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni maktabga taklif qilish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahridagi 5-sonli maktabda maktab direktori darsga kechikib kelgan o‘quvchi qizlarni o‘tirib-turish mashqi bilan jazolagandi.
LiveBarchasi