Andijonda kutilmaganda “Jiguli” yonib ketdi
Jamiyat
−
06 iyul 2022 5387 1 daqiqa
Joriy yilning, 5 iyul kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Vaz-2107” avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A.ga tegishli “Vaz-2107” avtomobili tumanning “Nur” mahallasi hududida, yo‘l chetida to‘xtab turganida yonib ketgan. Yong‘inga avtomobil elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat oqibatida fuqarolarga tan jarohati yetmagan. Avtomashina esa yonib, zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Namanganda Lacetti rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida haydovchi mashinaga qo‘shilib yonib, voqea joyida vafot etgan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr