Namanganda haydovchi mashinaga qo‘shilib yonib ketdi

3-sahifa

image

Namanganda Lacetti yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda haydovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 30 iyun kuni soat 23:30 larda Mingbuloq tuman “Qozoqovul” MFYning ichki yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan va mashinada yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida haydovchi “bosh miya ochiq shikasti” tashxisi bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing