Andijonda ko‘k “Jiguli” yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
16 aprel 2024
6668Bugun, 16 aprel kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida harakatlanib ketayotgan ko‘k “Jiguli” yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, voqea soat 12:46 da Shahrixon tumani “Ortish” MFY Ortish ko‘chasida sodir bo‘lgan. Asaka tumani “Qadim” MFYda yashovchi I.I.ga tegishli bo‘lgan o‘zining boshqaruvidagi 1979 yilda ishlab chiqarilgan ko‘k rangli, Vaz 21-01 (“Jiguli”) avtomobilining salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘inga 21-YOQQdan 1 ta Yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘inga 13:00 da yetib borib, 13:01 da o‘rab olinib, 13:04 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni soat 14:35 lar atrofida Andijon shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan supermarket avtoturargohida to‘xtab turgan Gentra avtomashinasi yonib ketgandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar