Andijonda “Xalq banki”ning bir guruh xodimlari 4,6 mlrdni o‘margani aniqlandi

3-sahifa

image

“Xalq banki”ning Andijon viloyati filiali Amaliyot bo‘limining 13 nafar  xodimi 4,6 milliard so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan viloyat AT “Xalq banki” Amaliyot bo‘limi xodimlari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatalari olib borilmoqda. 

Tergov davomida bankning 13 nafar xodimi 4,6 milliard so‘mni o‘zlashtirgani aniqlangan. 

Ushbu kamomadga yo‘l qo‘ygan 13 nafar bank xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan ayb e’lon qilingan. Ularning 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llangan.

Hozirda tergov xarakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing