Andijonda katta quvur yorilib ketdi. Aholi suv g‘amlamoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvuri yorilib ketgani va undan katta miqdordagi suv otilib chiqayotgani aks etgan video tarqaldi. “Andijon suv ta’minoti” MCHJ voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan.

Xabarga ko‘ra, kecha 9 yanvar kuni Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi, diametri 1400 mm. li bo‘lgan “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvurining Andijon tumani “Xortum” MFYga qarashli Anjirzor ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgan. 

Qayd etilishicha, ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Shu sababli, 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berish ta’minotida uzilish yuzaga kelishi mumkin. Nosozlikni bartaraf etish jarayonida Andijon shahriga Jalaquduq tumanida joylashgan “Paxtakor” yer osti suv inshooti orqali toza ichimlik suvi yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari 20 dona maxsus suv tashish transport vositalari xizmatga shay holatga keltirilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon aholisi vakillarining ko‘p miqdorda ichimlik suvi g‘amlayotgani aks etgan videolavhalar ham tarqalgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing