Andijonda kadastr bo‘limi boshlig‘i 6 ming dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
14 mart
3562Andijon viloyatida kadastr bo‘limi boshlig‘i 6 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatidagi tumanlardan birining kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaroga bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun hokimiyat tomonidan ijaraga berilgan 1 gektar yer maydonining 17 sotix qismidagi noqonuniy qurilmani buzish bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik, sudlarga da’vo arizasi kiritmaslik va uni jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan prokuratura organlariga hujjatlar taqdim qilmaslik, shuningdek, keyinchalik ushbu yer maydonining 22 sotix qismini “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun asosida turar-joy sifatida rasmiylashtirilishida yordam berish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilgan.
Ammo u so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Qo‘qon shahar bo‘limining muqaddam sudlangan 2 nafar inspektori o‘z xizmat vazifalaridan foydalanib, Qo‘qon shahrida mahalliy qurilish firmasi barpo etayotgan yangi ko‘p qavatli uylardagi jami 555 ta xonadonga ichimlik suvi uchun hisoblagich o‘rnatish, shaxsiy kartochka ochish, sertifikat qilib berish va boshqa xizmatlar evaziga 51 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 (Fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralardagi turar joylarni ijaraga, arendaga berish),168-moddasi (Firibgarlik)ning 4-qismi “a” bandi va 28 ( Jinoyat ishtirokchilarining turlari),211-moddasi (Pora berish)ning 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyatida kuzatilgan holatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli “Energosavdo” korxonasining Davlatobod tuman bo‘limi muhandisi metall eritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJda elektr hisoblagichdan noqonuniy foydalanilgani sababli, davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganini ro‘kach qilib, holatni rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga vositachi orqali 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Pora berish) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida Majburiy ijro byurosi katta surishtiruvchisi fuqaroni MIB tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgandi.
LiveBarchasi