Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Andijonda Kadastr agentligining sobiq boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Andijon tumanida Kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i noqonuniy faoliyati chog‘ida 10 ming AQSH dollari bilan ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot xodimlari tomonidan Andijon shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlar davomida Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i M.A. hamda sobiq xodimi S.O.lar fuqaro N.A.ga Andijon tumanidan bog‘dorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Respublika Kadastrlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali turarjoy sifatida toifasini o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytgan. Buning evaziga ular jami 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.M va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”,“b” bandlari, 28,211-moddasi (pora berish) 2-qismi “a”,“b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida soliq xodimi va MCHJ rahbarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon Kadastr agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing