Andijonda qayin opasini qasddan o‘ldirgan erkak 12 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
03 fevral 2022
6867Andijonda o‘z qayin opasini pichoqlab o‘ldirgan kuyov 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, er va xotin o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, ayol arazlab, o‘z uyiga ketib qolgan. Janjal nima sababdan kelib chiqqanini aniqlashtirish uchun esa kuyovning uyiga qaynona va qayin opasi kelgan hamda o‘rtalarida janjal kattalashib ketgan.
Oqibatda esa kuyov uydan qayin opasini sudrab olib chiqmoqchi bo‘lgan, tabiiyki qayin opa qarshilik ko‘rsatishga urinib, uning qo‘lidan chiqib ketgan. Shunga qaramay kuyov ayolning ortidan quvlab borib, pichoq sanchib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan aybdorning ishi sudda ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 12 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
LiveBarchasi