Andijonda imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan bank mas’ullari va jamiyat rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan AT “Agrobank” Andijon filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning mas’ul shaxslari “G.A.” MCHJ rahbari M.O. bilan oldindan til biriktirib, 2019-2020 yillarda 9 nafar fuqaroning xabarisiz ularning nomiga soxta ma’lumotlar tayyorlash orqali 129,5 mln so‘m, fuqaro X.M. bilan oldindan til biriktirib, 3 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar nomiga 90 mln so‘m, jami 219,5 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib ushbu kredit mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing