Andijonda ikkita Nexia to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Joriy yilning 18 oktyabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va to‘rt nafari jarohatlandi. Bu haqda Tergov deparatmenti xabar berdi.

YTH soat 15:00 da 40 yoshli F.X. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini Baliqchi tumani “Afsona” MFY hududidan o‘tgan Baliqchi-O‘rmonbek avtomobil yo‘lining O‘rmonbek yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda qarshisidan harakatlanib kelayotgan 53 yoshli A.O‘.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Nexia avtomashina haydovchisi F.X. va yo‘lovchi 53 yoshli J.M. hodisa joyida vafot etgan. Har ikkila avtomashinadagi yana 3 nafar yo‘lovchi va boshqa bir haydovchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing