Andijonda ikkita MCHJ 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagani fosh bo‘ldi
3-sahifa
−
23 dekabr 2022
4775Andijon viloyati Andijon tumanidagi “A.S.” va “M.S.” MCHJlar elektr tarmog‘iga shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat K.Yo.” elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari oqibatida yuz bergan.
Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi