Andijonda IIB va MIB boshlig‘i mushtlashgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Kecha, 12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tuman hokimi B.Yo‘ldoshev ko‘z o‘ngida tuman IIB boshlig‘i va MIB tuman boshlig‘i o‘zaro mushtlashgani haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 11 iyun kuni tuman hokimi B.Yo‘ldoshev Marhamat tumanida sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan yangi “promzona” hududida aholi murojaatlari uchun sayyor qabul tashkil etgan.

Sayyor qabul jarayonida tuman IIB va Byuroning Marhamat tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan va tadbir yakuniga qadar o‘zaro kelishib olishgan.

Hozirda, o‘rganish ishlari davom etmoqda va natijasi haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB MIB

Baholaganlar

944

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing