Andijonda fuqarodan qamoqdagi o‘g‘lini ozodlikka chiqarish uchun ming dollar olgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Andijonda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Gap shundaki, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, undan pul undirmoqchi bo‘layotgani aniqlangan. 

U "qarmog‘iga ilingan" fuqaroga muqaddam ichki ishlar organlarida ishlaganini aytib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan o‘g‘lini tanishlari yordamida chiqarib berishni va’da bergan. Buning evaziga oldinroq 200 AQSH dollari olgan. Shundan so‘ng, pulning qolgan qismi, ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq manzil koloniyasidagi mahkumning “yaxshi yashashi” uchun pul talab qilgan shaxs ushlangandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon qamoq firibgar pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing