Andijonda do‘konga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 5 yanvar kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 22:57 da “Shahrixon” MFY Amir Temur ko‘chasida joylashgan maishiy savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Soat 23:00 da aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 23:45 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida savdo do‘konining 300 m.kv maydonida shift, tom qismi va maishiy jihozlar  yonib zararlangan. Fuqarolar tan jarohati olmagan. Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash maskanida yong‘in chiqqandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing