Andijonda Cobalt’ni daraxt bosib qoldi

3-sahifa

image

Bugun, 26 may kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida Cobalt’ning ustiga daraxt qulab tushdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 13:20 larda Marhamat tumani “Dukchi Eshon” MFY Ipak yo‘li ko‘chasida haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan I.F. o‘zining Cobalt rusumli  avtomashinasini qatnov qismining chetiga qo‘yib, tushlik qilish uchun oshxonaga kirib ketgan vaqtida ob-havo keskin o‘zgarib, kuchli shamol esishi oqibatida chinor daraxti ushbu avtomashina ustiga qulab tushgan. 

Bildirilishicha, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, avtomashina texnik shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida daraxt qulab, ikki fuqaroni bosib qolgandi. Ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchi bemorda bosh-miya jarohati mavjud. Unda uzoq muddatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Cobalt shamol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing