Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 23 may kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida daraxt qulab, fuqaroni bosib qoldi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shifoxonaga daraxt bosib qolgan ikki nafar bemor olib borilgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda bo‘lgan va shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bemorda bosh-miya jarohati mavjud. Unda uzoq muddatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Hozirda bemorning ahvoli stabil-og‘ir, reanimatsiya bo‘limida keyingi davo muolajalarini olmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17 may kuni Toshkent shahrida kuchli chang bo‘roni kuzatildi. O‘zgidromet bergan axborotga ko‘ra, poytaxt havosida PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 44,95 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu esa ruxsat etilgan me’yordan 1,28 marta oshganini bildiradi. Shuningdek, oradan salkam 1 hafta o‘tgach, 23 may kuni poytaxtda kuchli changli shamol kuzatildi. Buning ortidan ko‘plab mashinalar, hatto jamoat transportini daraxt bosib qoldi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuchli shamol bo‘layotgani sababli poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqib, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalarning ostida qoldirmaslikni tavsiya etgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 29 aprel kuni ham Toshkent shahrining Mirobod tumanida kuchli shamol oqibatida avtomashina ustiga daraxt qulab tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shifoxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing