Andijonda bozor yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
09:08 3108 1 daqiqa
Kecha, 16 iyul kuni Andijon viloyatidagi savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 23:43 da Andijon viloyati, Asaka tumani, Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo rastasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:48 da hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in bugun, 17 iyul kuni soat 00:10 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida savdo rastasining 60 kvadrat metr maydondagi shift va tom qismi hamda kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan edi.