Andijonda bozor yonib ketdi
3-sahifa
−
26 yanvar
8998Andijon viloyati Shahrixon tumanida bozor yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha, 25 yanvar kuni Shahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida tashkil etilgan buyum bozori hududida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida soat 23:30 da FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 26 yanvar kuni soat 00:30 da o‘rab olingan va soat 01:53 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yong‘inda fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.