Andijonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldimi? IIB izoh berdi
3-sahifa
−
20 may 2023 18097 1 daqiqa
Andijonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar to‘g‘risida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.
Bayon etilishicha, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatdan yiroq bo‘lib, hech qanday bir asosga ega emas. Shuningdek, xabarda ijtimoiy tarmoq faollaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘rab qolingan.
Ma’lumot uchun, voyaga yetmagan shaxslarni o‘g‘irlash Jinoyat kodeksining 137-moddasi asosida besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, o‘g‘rilik o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan, inson a’zolarini va to‘qimalarini olish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi