Andijonda bir yigitni ko‘plashib urganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
30 iyun
19838Andijon viloyatida bir nechta odam ko‘chada bitta odamni temir buyum bilan urib kaltaklagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar ushlanib, ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.
“Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqararligi ta’minlanadi”, deyilgan xabarda.