Andijonda ayolning suratlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan yigit ushlandi

3-sahifa

image

Andijonning Ulug‘nor tumanida o‘zidan 10 yosh katta ayoldan uning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilib kelgan yigit ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 7 mart kuni Ulug‘nor tumanida yashovchi 29 yoshli J.G. tuman IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2022 yil mart oyi boshlarida Telegram’dagi “Tikuv mashinasi” nomli guruh orqali, Andijon shahrida yashovchi “Jasur” ismli yigit bilan tanishib, u bilan bir necha kun suhbatlashib kelgani, suhbat davomida, o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni yuborganini, “Jasur” ismli shaxs esa ushbu ma’lumotlarni telefon apparatiga saqlab olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan 200 AQSH dollari talab qilib kelganini ma’lum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan 7 mart kuni soat 16:30 larda IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Baliqchi tumani “Oqqo‘rg‘on” MFY da joylashgan “Humo” umumiy ovqatlanish joyi kirish eshigi yo‘lagida “Jasur” isimli yigit arizachidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini tarqatmaslik evaziga talab qilib kelayotgan 200 dollarni olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar natijasida o‘zini “Jasur” deb tanishtirgan yigit Oltinko‘l tumani Shodlik ko‘chasida yashovchi 19 yoshli Q.O.ligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon shantaj

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing