Andijonda ayol qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida fuqaro kelishmovchilik sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qotillik joriy yilning 24 aprel kuni soat 16:00 larda yuz bergan. Tumanning Qumshaydon mahallasida yashovchi 43 yoshli fuqaro N.A. (ayol) qo‘shnisi 63 yoshli R.Q. bilan uning hovlisida o‘rtalaridagi devorni buzish masalasida janjallashib qolgan. Shunda ayol R.Q.ning ko‘krak va boshqa sohalariga oshxona pichog‘i bilan zarba berib, qasddan o‘ldirgan.

25 aprel kuni tuman prokuraturasi tomonidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing