Andijonda aholidan undirilgan 69,8 mln so‘m kommunal to‘lovlari “yeb yuborildi”

3-sahifa

image

Andijonda aholidan kommunal to‘lovlar uchun qabul qilingan 69,8 million so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Unda Shahrixon tumanlararo pochta aloqa bog‘lanmasi tarkibidagi “Qoziqo‘rg‘on” aloqa bo‘limi boshlig‘i D.A. va boshqalar fuqarolardan kommunal to‘lovlar uchun qabul qilingan 69,8 million so‘m naqd pulni hisob-raqamga kirim qilmasdan, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan. 

Tekshiruv davomida e sa yetkazilgan zararning 11,4 million so‘mi undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing