Andijonda 738 mln so‘mlik pirotexnika va dori vositalari musodara qilindi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida matolar ichiga yashirilgan 738 million so‘mlik pirotexnika va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya va Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda Bo‘ston tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro R.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda matolar ostiga yashirib qo‘yilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 288 million so‘mlik pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Shuningdek, mazkur avtotransport vositasi bojxona boshqarmasiga olib kelinib tekshirilganda, uning yukxonasidan umumiy qiymati 450 mln so‘mlik 1800 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ham topilgan.

Umumiy qiymati 738 mln so‘mga teng pirotexnika va “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olinib, bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona pirotexnika

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing