Andijonda 6 ta avtomobil to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
19 Sentabr 2021
6363Kecha, 18 sentyabr kuni Andijonda 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:05da viloyatning Oltinko‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R130 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida:
- 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi G‘.A. boshqaruvidagi Dongfeng yuk avtomobili;
- 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi B.Yu. boshqaruvidagi Damas;
- 1973 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. boshqaruvidagi Damas;
- 1958 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvidagi Nexia;
- 1958 yilda tug‘ilgan haydovchi M.J. boshqaruvidagi Matiz;
- 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi X.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Buning oqibatida, Damas avtomobili yo‘lovchisi – fuqaro M.F. shifoxonada vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha mashinalar ishtirokidagi YTHlari avval ham sodir bo‘lgan, xususan joriy yilning 17 avgust kuni Samarqandda 4 ta avtomobil, iyul oyi oxirida Toshkent shahrida 5 ta avtomobil to‘qnashgandi.
LiveBarchasi