Andijonda 55 yoshli erkak o‘z rafiqasini pichoqlab, o‘ldirdi

Jamiyat

image

Kecha, 18 iyul kuni Andijon viloyatida 55 yoshli erkak o‘z rafiqasini pichoqlab, mudhish qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kech soat 19:30larda viloyatining Marhamat tumanida yashovchi 55 yoshli A.S. mast holda uyida rafiqasi 47 yoshli M.S.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Voqea natijasida M.S. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.S. ushlangan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat qotillik Andijon viloyati

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing