Andijonda 50 sotix yerni 35 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 50 sotix yer maydoni sotish huquqiga ega bo‘lmay turib, 35 ming dollar evaziga pullamoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Oltin ko‘l tumanida yashovchi fuqaro Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza kiritgan. Murojaatchi bir nafar firibgar Izboskan tumanida joylashgan 50 sotix yer maydonini sotish huquqiga ega bo‘lmay turib, har bir sotixini 700 dollardan jami 35 ming dollarga pullamoqchi ekanligini aytgan va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Noqonuniy yer oldi-sotdisi to‘g‘risida xabar bergan shaxsning arizasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tezkor tadbir davomida esa Izboskan tumani hududida joylashgan jome’ masjidi oldida ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan so‘ralgan 35 ming dollardan 292 million 825 ming so‘mga (26 500 dollar) pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Andijon viloyat IIB O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qism "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Izboskan

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing