Andijonda 5,5 mlrdlik noqonuniy tovarlarni o‘tkazib yuborgan bojxona posti boshlig‘i hibsga olindi

3-sahifa

image

Joriy yilning 3 mart kuni Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara bojxona po‘sti orqali kirib kelgan, yuk hujjatlariga ko‘ra qiymati 5780 AQSH dollari bo‘lgan tovarlar ortilgan yuk avtomobili tekshirilgan. 

Ammo, inspeksion ko‘rik majmuasi orqali olingan rentgen tasvirlari orqali tekshirilganda avtomobilda hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymatdan ko‘p miqdorda tovar borligi haqida shubha yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng, tovarlar tushirib tekshirish uchun “Andijon” TIF bojxona postiga bojxona boshlig‘ini ogohlantirgan holda yo‘naltirilgan. Shu kuni yuk egalari bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib, elektron shaklda taqdim qilgan. Xavfni boshqarish tizimi orqali ushbu yuk ro‘yxatga olinib, “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilgan. Ammo oradan 40 daqiqa o‘tgach, yuklar tekshiruvdan o‘tkazilmasdan olib chiqib ketiladi.

Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan avtomobil kuzatuvga olinib, Andijon shahridagi “Gulzor” mahallasida to‘xtatilib, omborga qaytarildi. Undagi tovarlar to‘liq tekshirilganda deklaratsiyadan o‘tkazilmagan 31 turdagi tovarlar borligi aniqlangan. Jumladan, kiyim-kechak, poyabzal, kosmetika mahsulotlari, tibbiy buyumlar va boshqa tovarlar hujjatlarda ko‘rsatilmagani fosh bo‘lgan. 

Yashirin yuklarning umumiy qiymati 5 milliard 565 milliondan ortiq so‘mga baholangan. Tovarlar tegishli tartibda rasmiylashtirilsa, 1 milliard 944 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovi undirilgan bo‘lardi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona posti rahbari va uning ikki nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

443

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing