Andijonda 5,4 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

3-sahifa

image

Andijon shahrida 5,4 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHj fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “I. Sh.” MCHJga tegishli ishlab chiqarish sex o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik ortidan elektr ta’minoti korxonasiga 5 milliard 461 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing