Andijonda 46 yoshli erkak 4 tonnalik tosh ostida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kon ishchisi tosh bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur holat kecha, 25 noyabr kuni soat 10:00 larda Buloqboshi tumani “Qaqir” MFY xududida joylashgan “Muhammad Tosh koni” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli konda sodir bo‘lgan. 

Aniqlik kiritilishicha, “Qaqir” MFYda yashovchi 46 yoshli S.A.ni kondagi tosh chiqarish ishlari vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida tosh bosib qolgan. Oqibatda S.A. voqea joyida vafot etgan. 

Qo‘shimcha qilinishicha, marhum oilali, ikki nafar farzandning otasi bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Buloqboshi Tosh koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing