Andijonda 45 yoshli tadbirkor o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 25 iyul kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida 45 yoshli tadbirkor o‘z joniga qasd qilib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR’UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 16:40 da shahrixonlik 45 yoshli tadbirkor yashash xonadoni yaqinida joylashgan, o‘ziga tegishli, atrofi devor bilan o‘ralgan mevali bog‘da o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, hodisa yuzasidan Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bloger Xurshid Daliyevning yozishicha, marhum tadbirkor Rahmidin Mirzayev bo‘lib, u “Rash-Milk” hamda “Recosement” brendlarining asoschisi, Andijonning eng tashabbuskor tadbirkori bo‘lgan va minglab oilalarni ish bilan ta’minlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

1536

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing