Andijonda 4 oylik o‘g‘lini sotayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
16 dekabr 2020
6391Andijonda 20 yoshli ayol 4 oylik farzandini 5 200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Joriy yilning 12 dekabr kuni Andijon viloyati IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-tadbir davomida, Jalaquduq tumani “Tuyalas” MFYda yashovchi 20 yoshli Dilfuza K. o‘zining 2020 yil 15 avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘lini “Bozorboshi” MFY ko‘chasida joylashgan “Gap” kafesida xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga kimyoviy ishlov berilgan 5200 (besh ming ikki yuz) AQSH dollari pullar evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir davomida, Dilfuza K.dan kimyoviy ishlov berilgan 5200 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Dilfuza K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u, gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilingan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.
LiveBarchasi