Andijonda 4 kishi is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
02 noyabr
3381Andijon viloyatida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Uning bizga bildirishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat taxminan 09:30 larda Jalaquduq tumani, “Navoiy” MFY Ne’mat ko‘chasida yashovchi xonadon a’zolari uxlab yotgan vaqtida xonada bo‘lgan nosoz isitish moslamasi (kotyol)dan sizib chiqqan is gazidan zaharlangani aniqlangan.
Buning oqibatida 4 nafar fuqaro yashash xonadonida vafot etgan, qolgan xonadon vakillariga esa tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqea joyi tezkor-tergov guruhi a’zolari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan, shuningdek, vafot etganlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ota va uning o‘g‘li is gazidan vafot etgandi.
LiveBarchasi