Andijonda 37 kishi “fast-fuddan” zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatida 37 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, zaharlanishga sabab bo‘lgan holatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bemorlarning barchasi joriy yilning 5-6 iyul kunlari tuman markazida joylashgan tez tayyorlanadigan yeguliklar bilan savdo qiluvchi shoxobchadan “Nonburger” va “Xod-dog” sotib olib iste’mol qilganini bildirishgan.

Mazkur holat yuzasidan bugun, 7 iyul kuni Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 iyul kuni soat 12:10 da Qo‘rg‘ontepa tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga fuqarolar ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. 

Bemorlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan, biroq hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. 

Kecha, 6 iyul 23:00 holatiga shifoxonaga jami 37 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, bemorlarning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy holatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing