Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi (video)
3-sahifa
−
13 mart 12095 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida fuqaroni poyezd urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 mart soat 10:22 da tez yordam mashinasi yetib borgan vaqtda haqiqatdan ham 1999 yilda tug‘ilgan kar-soqov bo‘lgan yigitcha X.M. og‘ir va karaxt holatda bo‘lgan. U 10:34 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borilgan. Shifokorlar ahvoli og‘ir bemorning hayotini saqlab qolishga erishgan va operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.
Unga og‘ir bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, gematomasi, qosh qismi yirtilgan jarohati, o‘ng oshiq-boldir bo‘g‘imi chiqishi, oshiq-boldir bo‘g‘imi sinishi, posttravmatik karaxtlik tashxisi qo‘yilgan. U bolalikdan kar-soqov bo‘lgan.
Bildirilishicha, hozirda bemorning holati o‘rta og‘ir. U shifokorlar nazoratida va salomatlik holati ijobiy ko‘rinishda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi Oxunboboyev va Marg‘ilon bekatlari oralig‘ida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolib ketgan edi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezdni “ilon izi” usulida aylanib o‘tishga uringan.
Live
Barchasi