Andijonda 22 yoshli yigit Telegram orqali fuqaroning pullarini o‘zlashtirib oldi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida Telegram orqali fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan 22 yoshli yigit ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli ayol A.S. IIBga murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan bank kartasidagi 4 mln 570 ming so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon shahrida yashovchi 22 yoshli J.R. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan J.R. Telegram orqali jabrlanuvchi ayol bilan tanishib, uning ayollar kiyim-kechaklarini sotib berishga kelishib, oldindan 4 mln 570 so‘m pullarini bank kartasiga o‘tkazdirib olib, so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. J.R.ning sodir etilib, fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda SMS orqali soxta havola jo‘natib, tanishining pullarini o‘margan 32 yoshli ayol ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Telegram Kiberxavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing