Andijonda 20 yoshli qizni “samosud” qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
23 iyul 2025 12091 1 daqiqa
Avvalroq, Andijonda tadbirkor ayol qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 2005 yilda tug‘ilgan qizni kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Ushbu ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Voqea 2024 yilning 15 dekabr kuni Andijon shahri Hunarmand mahallasida sodir bo‘lgan. Kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Ular o‘rtasidagi ziddiyat o‘zaro qarz oldi-berdi masalasi ortidan kelib chiqqan.
Bildirilishicha, zo‘ravon ayolga Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro protsessual tartibda ushlangan. Tergov ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Shuningdek, boshqarma ushbu fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlar 102 qisqa raqamiga, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMBning telefon raqamiga 74-223-59-52 yoki yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida bir guruh qizlar janjallashib, bir-birini urgan edi.
Live
Barchasi