Andijonda 16 yoshli o‘smir o‘zini tomdan tashlab, vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Andijonda 9-sinf o‘quvchisi o‘zini tomdan tashlab, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 03:30 larda Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.K. (o‘g‘il bola) Andijon shahar, “O‘zbegim” MFY, A.Musayev ko‘chasi, 23-raqamli ko‘p qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan M.K. ota-onasi vafot etganligi sababli, bobosi Sh.T.ning qaramog‘ida u bilan birga yashab kelgan.

“Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yosh qiz o‘zini 16 qavatli binoning tomidan tashlab, vafot etgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Andijon o'smir tom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing