Andijonda 12 yoshli qizni zo‘rlashga uringan 52 yoshli erkak qamaldi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 12 yoshli qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZʼga Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

“Nemolchi.uz” loyihasiga ko‘ra, qizchaning onasi shu yilning iyul oyida bolalarni qo‘shnisiga qoldirib, opasining to‘yiga ketgan. Ona qaytib kelganida qo‘shnining otasi (1971 yilda tug‘ilgan) uning qizini zo‘rlashga urinayotganini ko‘rgan.

Qayd etilishicha, erkak o‘sha kuni mast holatda bo‘lgan va u uxlab yotgan qizning qo‘lidan televizor pultini olmoqchi bo‘lganini aytgan. Keyinchalik tergov jarayonida pult o‘sha paytda boladan uch metr uzoqlikda bo‘lgani aniqlangan va erkakning gapi o‘z tasdig‘ini topmagan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudining 2023 yil 15 dekabrdagi hukmiga muvofiq erkak T. E. voyaga yetmagan M. E.ga (2011 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 25,119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon zo'rlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing