Andijonda 10 kg “gashish”ni sotganlar qamaldi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 10 kilogarmmga yaqin “gashish”ni noqonuniy aylanmaga kiritgan jinoiy guruh a’zolari qamaldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning avgust oyida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar va Bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida harakatlanayotgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada unda 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli 1 kg 976 gr “gashish” moddasi va elektron tarozi borligi aniqlangan. Shuningdek, u jinoiy guruh yetakchisi ekani ma’lum bo‘lib, uning yashash manzilidan 2 kg 236 gr “gashish” moddasi topilgan.

Tezkor tadbirlar davomida guruhning 1975, 1976, 1993 yillarda tug‘ilgan 3 nafar a’zosi ham ushlanib, ulardan jami 391 gr “gashish” va 542 gr “marixuana” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Jinoiy guruhning qolgan 1981, 1984, 1989 yillarda tug‘ilgan 3 nafar a’zosi esa guruh yetakchisining topshirig‘i asosida Qirg‘iz Respublikasidagi narkosavdogarlardan “tovar”ni olish, chegaradan o‘tkazish va manzilga yetkazib berish vazifalarni bajargan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, jinoiy guruh faoliyati davomida jami 10 kilogarmmga yaqin “gashish” moddasini noqonuniy aylanmaga kiritgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi hukmiga ko‘ra, narkosavdogarlar Jinoyat kodeksining 246-(kontrabanda) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan aybli deb topilib, 8 yildan 11 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi dala maydonida ko‘mib ketilgan 45 kg 768 gr “gashish” giyohvandlik vositasini olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda gashish narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing