Andijonda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Jalaquduq tuman hokimi yordamchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida Prokuratura departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi D.I. tuman ko‘mir omboriga nazorat uchun mas’ul etib biriktirilganligidan foydalanib, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna ko‘mirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga “U.K.” MFY faoli M.A. dan 600 dollar talab qilgani aniqlangan. 

Shundan so‘ng, mazkur jarayon davom ettirilib, D.I. pora sifatida talab qilingan pullar – 7 million so‘mni ko‘mir ombori hududida o‘zining Nexia-2 rusumli mashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlik kiritilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokim yordamchisi fuqarolarning nomiga 132 million so‘m kredit olib, ishlatib yuborgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon Jalaquduq hokimi yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing